Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida uchta yangi rezident kompaniya - "LYUDI I CIFRI", "TEG" va "IOTA" MCHJ QKlarining ishlab chiqarish majmualari tantanali ravishda ochildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining vakillari, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi rahbariyati va oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbar-xodimlari, tashkilot tizimidagi korxonalar rahbarlari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
Bugun 300ga yaqin abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Natijalar esa abituriyent testni topshirib bo‘lishi bilan e’lon qilinadi. Mazkur sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 16-iyul kuni rus tili fanidan imtihonda ishtirok etishadi.
Jahon banki guruhining a'zosi bo'lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O'zbekiston hukumati o'rtasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha imzolangan yangi hamkorlik bitimi ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilish va barqaror amaliyotni qabul qilishni rag'batlantirishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 28-dekabrdagi PQ-67-son qarori ijrosi doirasida “Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda, ushbu ilmiy markaz faoliyatini samarali tashkil etish hamda uning salohiyatini oshirish boʻyicha 7 mln.
Bugun mamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yil boshidan buyon ishlab chiqarilayotgan azotli mineral o‘g‘itlar miqdori fizik holda 3 mln. tonnadan ortdi. Natijada respublika qishloq xo‘jaligi to‘liq va o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlandi hamda mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga munosib xissa qo‘shildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati endilikda O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosi yakuni bo'yicha kunlik ma'lumotlar to'g'risida ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berib borishini ma'lum qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 23.01.2004y. №33
Insoniyatning azaldan kimyoviy hodisalar orqali olamshumul kashfiyotlar yaratgani tarixdan bizga yaxshi ma’lum. Kimyoning dastlabki rivojlanish davridagi fikrlar, tasavvurlar, tadqiqotlarni o‘rganishda o‘zbek olimlarining ham munosib hissasi bor. Binobarin, ona zaminimizda kimyo fani va sanoatini rivojlantirish uchun bebaxo imkoniyatlar mavjud. Qolaversa, xilma-xil foydali qazilmalar, arzon energiya manbai bo‘lmish gidroresurslar, boy tabiiy xomashyo zaxirasi kimyo sohasining shakllanishi va taraqqiy etishida muxim asos bo‘lib xizmat qilmokda.