Bugun D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali yangi binosining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

// 27.05.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (193.04 KB)

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining vakillari, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi rahbariyati va oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbar-xodimlari, tashkilot tizimidagi korxonalar rahbarlari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-4352-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 2019-2020 o'quv yilidan boshlab D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining filiali faoliyat ko'rsatishni boshladi.

Kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, universitet bilan kelishilgan holda, Filial bakalavr va magistratura yo'nalishlari bo'yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati