Bugun 300ga yaqin abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Natijalar esa abituriyent testni topshirib bo‘lishi bilan e’lon qilinadi. Mazkur sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 16-iyul kuni rus tili fanidan imtihonda ishtirok etishadi.
Kirish imtihonlarining 2-bosqichi esa 26-28 - iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar qabuli 23-iyul kuniga qadar davom etadi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, 2022-2023 - o‘quv yili uchun 120 ta grant va 180 ta to‘lov-kontrakt jami 300 ta kvota ajratilgan.