Мamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan azotli mineral o‘g‘itlar 3 mln. tonnadan ortdi

// 24.12.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.62 KB)

Bugun mamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yil boshidan buyon ishlab chiqarilayotgan azotli mineral o‘g‘itlar miqdori fizik holda 3 mln. tonnadan ortdi. Natijada respublika qishloq xo‘jaligi to‘liq va o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlandi hamda mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga munosib xissa qo‘shildi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga erishishda Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilgan hamda o‘tgan yili “Navoiyazot” korxonasida foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy azot kislotasi va ammiak-karbamid ishlab chiqarish loyihalarining bosqichma-bosqich loyihaviy quvvatlarga olib chiqilishi, tizimdagi o‘zgarishlar va davlatning amaliy ko‘magi hisobiga korxonalarda mablag‘larning paydo bo‘lishi evaziga o‘z vaqtida va sifatli kapital ta’mirlash ishlarining olib borilishi hamda uskunalarning modernizatsiyasini amalga oshirilishi ham xissa qo‘shdi.

Ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mineral o‘g‘itlar savdosi ichki bozor O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali amalga oshirilmoqda. Iste’molchilarga yetkazib berilayotgan mineral o‘g‘itlar sifatiga esa korxonalar tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati