Ochiq ma'lumotlar portalidagi sahifaga havola: https://data.egov.uz/organizations/440 № Ma'lumotlar to'plami Taqdim etish va yangilab borish muddati 1 Oʻz faoliyatiga oid hisobot Har yili 1-ma...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanida biriktirilgan mahallalarda keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.
Xabar berib borayotganimizdek, mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘rganish hamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan yurtimizda 10-15-fevral kunlari “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligiga start berildi.
Joriy yilning 19-iyun kuni “O‘zkimyosanoat” AJda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Kimyo va oziq-ovqat sanoati menejmenti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tashkil etildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisiga biriktirilgan Dehqonobod tumanidagi og‘ir toifadagi mahallalarda dastlab xonadonlar kesimida to‘liq xatlov jarayonlari olib borildi. Aholi vakillari bilan sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ammiakli selitra - eng keng tarqalgan o‘g‘itlardan biri. Kristall tuzilishga ega, rangi oq. Kristallar atmosferadan namlikni tez va ko‘p tortishi sababli quruq joyda saqlanadi.
Bugun “O‘zkimyosanoat” AJda boshqaruv raisi rahbarligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar dasturi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tarmoq korxonalari mas’ullari ishtirok etishdi.
Ko‘p hollarda jamiyatimiz tarmoq korxonalarida ishchi-xodimlar tomonidan “favqulodda vaziyat” tushunchasi o‘rniga “favqulodda holat” tushunchasini qo‘llash yoki ushbu tushunchalarni bir-biridan farqlay olmaslik holatlari uchrab turadi. Bu ikkala tushunchaga batafsil ta’rif beramiz. Ko‘p hollarda jamiyatimiz tarmoq korxonalarida ishchi-xodimlar tomonidan “favqulodda vaziyat” tushunchasi o‘rniga “favqulodda holat” tushunchasini qo‘llash yoki ushbu tushunchalarni bir-biridan farqlay olmaslik holatlari uchrab turadi. Bu ikkala tushunchaga batafsil ta’rif beramiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida "Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida ham bo‘ldi. Texnoparkning umumiy maydoni 35,1 gektar bo‘lib, birinchi bosqichda 14 ta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Uchta maydonga bo‘lingan mazkur texnoparkda qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich obyektlar kesimida tashkil etilgan.