Uchtepa tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari ijrosi o‘rganildi

// 07.11.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.26 MB)

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanida biriktirilgan mahallalarda keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.

  Tashabbus doirasida “O‘zkimyosanoat” AJga biriktirilgan “Jurjoniy” MFY, “Ibrat” MFY, “Ko‘kcha oqtepa” MFY, “Katta Cho‘lpon” MFY, “Xamdo‘st” MFY, “Nurobod” MFY hamda “Tinchlik” MFY hududlarida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida tuman shtabi faoliyati, mas’ullarni tayyorlash, ro‘yxatga olishning shaffofligi va aholi bilan muloqotning samara darajasi baholandi.

  Uchtepa tumani hokimligida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv seminari o‘tkazilib, unda ro‘yxatga olish tartibi, muhim metodik jihatlar hamda aholi bilan ishlash madaniyatiga alohida ahamiyat berildi.

  Mazkur tashabbus demografik jarayonlarni tahlil qilish, qishloq xo‘jaligi salohiyatini baholash, shuningdek aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan real ma’lumotlar olishga qaratilgan.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 07.11.2025