
Xabar berib borayotganimizdek, mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘rganish hamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ mas’ul xodimlari tomonidan joylarda tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur Farmon ijrosi doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi vakillari poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Abdulla Qodiriy”, “Katta Qani”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Nishabariq”, “Vatan”, “O‘tkir”, “Foziltepa”, “Birlik”, “Ko‘ksaroy” hamda “Istirohat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari tomonidan xonadonlarning GPS koordinatalarini maxsus axborot tizimiga kiritish jarayonlari yuzasidan mahalla raislari va mutasaddilar bilan tahlillar o‘tkazdilar.

Mahallalardagi faoliyat davomida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jarayon samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.
