Angren shahrida barpo etilgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ faoliyati yuzasidan O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov tomonidan e'lon qilingan ma'lumot asosida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan maqolalarga “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati munosabat bildiradi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasining navbatdagi tadbiri joriy yilning 14 mart kuni “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yilning oʻtgan 2-choragida oʻtkazilgan chora-tadbirlar Qonunchilik va ichki-meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yilning oʻtgan 2-choragida oʻtkazilgan chora-tadbirlar Qonunchilik va ichki-meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirildi.
Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish va 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga qator topshiriqlar berildi. Prezidentimiz yig‘ilishda respublikamizda fermerlarimiz, dehqonlarimiz tomonidan bildirilgan bir qancha e’tirozlarni ta’kidlab o‘tdilar.
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizmidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog`liq kun.uz internet nashridagi “Zaharlangan Zarafshon” sarlavhali maqolasida keltirilgan maʼlumotlar atroflicha o`rganib chiqilib quyidagilarni maʼlum qiladi.
“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jamiyat va tizim korxonalrida Komplaens xizmati tashkil etildi va “Yo'l xaritasi” asosida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Shu bilan birga korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlar, ya'ni “Korruptsiyaga qarshi siyosat”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “Sovg'a berish va qabul qilish siyosati” kabi 14 ta ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mavjud xavf-xatarlarni inobatga olgan kimyo sanoati korxonalariga IT texnolgiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o'tildi.
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasida keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliyli o'g'it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich)” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2023-yil 22-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 1-sonli qarori bilan Jamiyat 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligining joriy yil 23-iyundagi 145-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalariga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 30 iyunda yagona aksiyadorning qarori bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab davlat aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va Komissiya yig'ilishining 208 yil 27 apreld agi 24/1-989 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi.