I. 2024-yilda erishilgan asosiy koʻrsatkichlar.
Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2024-yilda 17,7 trln soʻm (biznes rejaga – 110,5 foiz, oʻsish surʼati – 107,3 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Jami sof holda 1 466,1 ming tonna mineral oʻgʻitlar, shundan, 1 136,1 ming tonna azotli, 110,8 ming tonna fosforli va 219,1 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi.
2023-yilning mos davriga nisbatan avtomobil shinalari 407,5 ming donaga, kalsinatsiyalangan soda 9,5 ming tonnaga, natriy sianidi 3,7 ming tonnaga, polivinixlorid 3,3 ming tonnaga, natriy nitrati 1,5 ming tonnaga ishlab chiqarish hajmlari oshirildi.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarishlarida joriy taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
“Navoiazot” AJda – ammiak va karbamid sexida katalizatorlarni takomillashtirish hisobiga ammiak ishlab chiqarish sutkasiga 1 744 tonnadan 1 800 tonnagacha yetkazildi;
polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan tabiiy va sintez gazlari uchun moʻljallangan kompressor uskunalari ehtiyot qismlari almashtirish evaziga PVX ishlab chiqarish barqarorligi taʼminlanib, kunlik ishlab chiqarish 137 tonnadan 180 tonnagacha oshirildi;
“Maksam-Chirchiq” AJda – karbamid ishlab chiqarish sexida modernizatsiya ishlari amalga oshirish hisobiga kunlik ishlab chiqarish 820 tonnadan 950 tonnagacha oshirildi;
“Fargʻonaazot” AJda – karbamid sexi sintez kolonnasini modernizatsiyasi hisobiga karbamid ishlab chiqarish sutkasiga 1 280 tonnadan 1 320 tonnaga yetkazildi.
Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki hamda Navoiy kimyo texnoparki hududlarida ishga tushirilagan loyihalar hisobiga 382,8 mlrd soʻmlik 15 yangi mahsulotlar (formalin, karbamido-formaldegid konsentrati KFK-85, paxta sellyulozasi, gidroksipropilmetilsellyulozasi, kaliy sulfati, koʻpirtirilgan polipropilen, ovoz oʻtkazmaydigan va issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar, termoelastoplastlar, AdBlue, yuqori bosimli laminat, tibbiy stimulyatorlar, ingibitorlar) ishlab chiqarildi.
Eksport – eksport hajmi 522,9 mln dollarni tashkil etib, oʻsish surʼati 105,6 foizga taʼminlandi.
Shuningdek, Shvetsiya, Germaniya, Italiya, Kipr, Ozorbayjon, Braziliya, Kolumbiya, Peru, Meksika, Gonkong, Mozambik, Djibuti va Marokko kabi yangi mamlakatlar, bundan tashqari yangi turdagi mahsulot, jumladan kaliy nitrati birinchi marta eksport kilindi.
Asosiy eksport hajmi Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiston, Afgʻoniston, Turkmaniston, Rossiya va Latviya yoʻnalishlari boʻyicha (75,1 foiz) amalga oshirilgan. Shu bilan birga, kaliy mahsuloti eksportining asosiy qismi Latviya, Eron, Indoneziya, Yaponiya va Xitoy davlatlariga (80,6 foiz), kalsinatsiyalangan soda mahsulotining eksporti Qozogʻiston, Tojikiston davlatlariga (89,3 foiz) toʻgʻri keldi.
Investitsiya – investitsiya dasturiga kiritilgan 24 ta loyiha doirasida 814,6 mln dollar oʻzlashtirilib, oʻsish surʼati 155,3 foizini tashkil kildi.
Shundan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 773,4 mln dollarni, davlat kafolati ostida kreditlar 11,2 mln dollarni korxonalarning oʻz mablagʻlari 15,0 mln dollarni tashkil qildi.
Mahalliylashtirish – mahalliylashtirish dasturiga asosan 30 ta loyiha doirasida 3 867,2 mlrd soʻm mahsulot ishlab chiqarildi va reja-koʻrsatkich 125,8 foizga bajarildi.
Shundan 13 ta kichik hajmdagi loyihalar boʻyicha 2 259,7 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi:
“Navoyazot” AJda - sulfat kislota, “A” markali metanol, natriy gidroksid, PVX, tiomochevina, natriy sianid, kalsiy nitrat, poliakrilamid;
“Fargʻonaazot” AJda - ammiakli selitrani gigroskopikligini kamaytirish uchun antiyopishqoq (NovoFlow 3047)ning oʻrnini bosuvchi yangi turdagi “Anti-Stick” antiyopishqoq, natriy xlorat;
“Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” negizida yuqori bosimli laminat, tibbiy simulyatorlar;
"Central Asia Chemicals" MCHJda - chiziqli alkilnbenzol-sulfonkislota (LABSA).
Dasturga kiritilgan 30 ta loyihadan 18 tasining mahalliylashtirish darajasi 100 foiz boʻlib, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Mineral oʻgʻitlarni birja savdolariga qoʻyish – respublika isteʼmolchilariga 2024-yilda jami fizik holda 4 603,2 ming tonna mineral oʻgʻitlar birja savdolariga qoʻyilgan boʻlib, shundan 1 744,0 ming tonna sotilgan, jumladan, azotli oʻgʻitlar 1 483,1 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar 165,4 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 95,6 ming tonna birja savdolarida sotildi.
II. Transformatsiya jarayonlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
“Oʻzkimyosanoat” AJ 2023-yil 31-dekabrida yakunlangan moliyaviy yil konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlari moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq, xalqaro auditorlik standarlari asosida (XAS) “katta toʻrtlik”ka kiruvchi xalqaro auditorlik tashkiloti (KPMG) tomonidan oʻtkazilgan auditorlik jarayonlari yakunlandi va toʻliq ijobiy auditorlik xulosasi olindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJga Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan davlat suvereni darajasidagi BB- xalqaro kredit reytingi taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soʻnggi yillarda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaga keng qamrovli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan qator Farmon va qarorlarida bir qancha vazifalar belgilangan. Vazifalar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ korporativ xalqaro kredit reytingini olishi hamda har yili yangilash, ESG reytingini qoʻlga kiritish qayd etilgan. Kimyo korxonalarida davlat ulushini qisqartirish, transformatsiya qilish, sohaga korporativ boshqaruv va xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritish borasidagi ishlar yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-163-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Barqaror rivojlanish boʻyicha hisobot hamda ESG strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli "Yoʻl xaritasi"ni tuzish maqsadida KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilindi.
Halqaro “katta toʻrtlik”ka kiruvchi KPMG kompaniyasi tomonidan Barqaror rivojlanish boʻyicha hisobot hamda ESG strategiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, ijobiy xulosa qoʻlga kiritildi.
Bundan tashqari, ESG reytingni qoʻlga kiritish boʻyicha ishlar nufuzli S&P Global kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
III. Ekologiya va atrof-muhitni asrash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
2024-yilda kimyo korxonalarida umumiy qiymati 34,3 mlrd soʻmlik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek: