E’lon: “O‘zkimyosanoat” AJ “1C” dasturchi ish o‘rniga malakali nomzodlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi

// 13.02.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (80.68 KB)

Ish o‘rni nomi: “1C” dasturchi

Qabul qilinadigan xodimlar soni: 5 nafar

Quyidagilarni bilish kerak:
- “1C” – axborot tizimida konfiguratsiyalash va dasturlash, yangi konfiguratsiyalar ishlab chiqish;
- “1C” 7.7/8.0/8.1/8.2/8.3 va undan yuqori platformalari bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lish; 
- kompaniyaning joriy loyihalarini texnik qo‘llab-quvvatlash, turli xil hisobotlarni ishlab chiqish;
- boshqa tizimlar bilan integratsiyalash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
- foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga konsultatsiyalar berish;
- lokal va korporativ ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tuzilishi asoslari;
- apparat va dasturiy ta’minotning umumiy prinsiplari va arxitekturasi;
- iqtisodiyot, mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish, boshqarish, mehnat va fuqarolik qonunchiligi asoslari;
- buxgalteriya va soliq hisobotlari asoslari bo‘yicha bilimlar;
- va boshqalar zarur bilim va ko‘nikmalar.

Ma’lumot: Oliy yoki o‘rta-maxsus;

Mutaxassislik (ixtisoslik): “Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimlari”, “Hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari”, “Amaliy informatika”.

Ish tajribasi: “1C” dasturchi sifatida kamida 3 yil ish tajribasi;

Tanlov shakli: Bilim va malakasi bo‘yicha suhbat hamda amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha sinov tadbirlari.

Hujjat yuborish shakli: Ma’lumotnomalarni (rezyume, obyektivka) vakant@uks.uz elektron pochtasiga yuborish mumkin.

Murojaat uchun tel.: +99878-140-74-56 Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 13.02.2025