Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Korxona haqida qisqa ma'lumot
Pochta manzili 111116, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Sho'ro-Bozor p/b
Korxona rahbari Jalilov Abdulahad Turabovich
Telefon, faks (+99871) 1992243
(+99871) 9657716
Veb sayt  
Elektronnыy adres (E-mail) gup_tniixt@mail.ru
Tarmoq Sanoat-tajriba ishlab chiqarish
Yuridik maqomi Davlat unitar korxona
Ishchilar soni 42
Marketingga oid ma'lumot
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari asosiy turlari Gidrogellar, poliuretanlar, sintetika kauchugi, yuqori sifatli kleylar, yuvish vositalari, sellyuloza, kraxmal va boshqa mateiriallar texnologiyalarni ishlab chiqish va o'zlashtirish,
Asosiy xom ashyo Kime birikmalari, polimerlar

 

Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti O'zbekiston FA mexanika institutining bir bo'limi negizida tashkil topgan. 1992 yil yanvar oyida u alohida ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirilib, yuridik shaxs maqomi va Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti nomiga ega bo'ldi.

O'tgan yillar davomida bu ilmiy muassasa yuqori intellektual zahira, moddiy-texnik baza, ilmiy jihoz va anjomlarga ega, kimyo texnologiyalarni rivoji bilan bog'liq muhim va yirik ilmiy vazifalarni yecha oladigan jamoaga aylandi.

Asosiy e'tibor mahalliy xom ashyo negizida organik va polimer birikmalar, ulardan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga qaratiladi.

Ayni paytda istiqbolli polimer materiallarni yaratish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bular sirasiga nanokompozit polimer materiallar, karbon plastigi, gidrogellar, oleogellar va boshqalar kiradi.

Alohida e'tiborr “kichik kimyo” asosini tashkil etadigan yangi samarali ingibitorlar, antipirenlar, barqarorlashtiruvchi birikmalar kabi materiallar ishlab chiqarilishini tashkil etishga beriladi.

Polikarbonatlar, sintetika kauchugi, poliuretanlar va boshqa polimer materiallar, shuningdek polimerlar uchun bo'eqlar, qo'shilmalar ishlab chiqarish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda

Bugun Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi uning oldida turgan kimyo fani va texnologiyasining eng muhim va ustuvor vazifalarini yechish ustida butun kuch-g'ayrati bilan ishlamoqda.