Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ–4992-son qaroriga muvofiq “Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish belgilangan boʻlib, mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan oʻtkazilgan muzokaralar va oʻrganishlar natijasida, ushbu yoʻnalishda yetakchilardan hisoblangan Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 13-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari bilan “Navoiyazot” AJda “Havoni taqsimlash uskunasini oʻrnatish” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Linde Group” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Sean Durbin ham qatnashdi. Uchrashuvda mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi – Saudiya Arabistoni Podshohligi biznes-forumi doirasida 2022-yilning 23-dekabr kuni Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida yashil ammiak ishlab chiqarish boʻyicha investitsion hamkorlik toʻgʻrisida “Asosiy Shartlar” (Heads of Terms) bitimi imzolandi. Unga ko`ra yashil ammiak ishlab chiqarish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi.
“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi “Navoiyazot”AJda yuqori saviyada tashkil etildi.
Muloqotda korxonada yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
SAP Universitet Ittifoqi va “O‘zkimyosanoat” AJ o’rtasida tarmoq oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturiga start berilganini e’lon qilamiz. Tashabbusdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJning raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bunga koʻra, Korrupsiyaga karshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tomonlarning kelishuviga asosan nazorat tadbirlari tashkil qilinadi, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, kimyo sanoati sohasidagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar hamkorlikda ishlab chiqiladi, Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflarni qonunchilikka kiritish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
“O‘zkimyosanoat” AJning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘ziga xos tajribalarini ommalashtirish hamda vazirlik va idoralar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida vazirlik va idoralarning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari ishtirokida “Kimyo sanoatida xotin-qizlarning roli” mavzusida seminar o‘tkazildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'tkazilayotgan “Mustaqillik – bebaho ne'mat” mavzusidagi esselar tanlovi kimyo sanoati tizimida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, mustaqillikni bebaho qadriyat sifatida keng targ'ib etish va u bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqe va nufuzini mustahkamlash, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tilishini ta'minlash va ishchi-xodimlarning savodxonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan qator tartib va cheklovlar joriy etilmoqda.