“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini, nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadini ko‘zlagan “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi oʻrganilmoqda.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda korxona yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning isteʼdod va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, muammolariga yechim topish hamda yoshlarning taklif va loyihalarini ishlab chiqarishga tatbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
«Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining intensiv bog'ini obodonlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz suv bilan ta'minlash uchun ikki dona artizan quduqlari burg‘ilatish. Xizmatni ko'rsatuvchi tomonidan texnik topshiriqda ko'rsatilgan xizmatlarni bajarishga buyurtmachi tomonidan berilgan texnik shartda ko‘rsatilgan Ø159 mm metall trubalarni talablar asosida sifatli va kafolatlangan holda burg‘ilab o‘rnatish talab qilinadi.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “China National Chemical Engeneering & Construction Corporation Seven” kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Xitoy moliya institutlaridan investitsiyalar jalb qilish, shuningdek, “China Export & Credit Insurance” korporatsiyasi tomonidan taqdim etiladigan eksport-kredit sugʻurta xizmatlari kabi masalalari muhokama qilindi.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar muammolarini o‘rganish, yosh mutaxassislar takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 8-Qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida mustaqil davlatimiz tarixida ilk bora 11-noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi bildirilgach, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan edi. Bu esa besh yarim milliondan ortiq aʼzoga ega boʻlgan kasaba uyushmalari hayotida unutilmas voqea sifatida tarixga muhrlanib qoldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan kimyoviy reagentlar 2022-yil 18-noyabr kuni Angren shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 43-sonli IDUMga homiylik sifatida taqdim etildi. Unda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning bir guruh xodimlari ishtirok etishdi.