“Yangi Oʻzbekistonning Yangi kasaba uyushmalari” mavzusida kasaba uyushma aʼzolari, xodimlari va faollari bilan ochiq muloqot

// 14.11.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.81 MB)

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 8-Qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida mustaqil davlatimiz tarixida ilk bora 11-noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi bildirilgach, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan edi. Bu esa besh yarim milliondan ortiq aʼzoga ega boʻlgan kasaba uyushmalari hayotida unutilmas voqea sifatida tarixga muhrlanib qoldi.

Joriy yilning 14-noyabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ majlislar zalida “11-noyabr - “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati tarmogʻida mehnat qilayotgan xodimlar va kasaba uyushma faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur yoʻnalishdagi faoliyatni yanada takomillashtirish xususida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Tadbir davomida bayram munosabati bilan Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, kimyo va farmatsevtika tarmogʻi xodimlarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishda salmoqli hissa qoʻshayotgan, kasaba uyushmalari hayotida faollik koʻrsatayotgan kasaba uyushma xodimlari va faollari, mehnat jamoalari va ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhi Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “Faxriy yorligʻi” hamda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining qimmatbaho sovhalari bilan taqdirlandilar.