“Qoʻngʻirot soda zavodi”ning atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq faoliyati oʻrganilmoqda

// 07.05.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (15.6 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi oʻrganilmoqda. 

Joriy yilning 5-6-may kunlari Jamiyatning Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi masʼullari “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda boʻlishdi.

Mutaxassislar korxonaning Sanitar laboratoriya xodimlari ish sharoitlari, uskunalari, tahlil qilish usullari, laboratoriya jihozlari, atmosfera, suv, tuproq tahlillarini oʻrganib chiqishdi. 

Asosiy ishlab chiqarish maydonchasida sexlarda chang-gaz tozalash uskunalarining ishlash holati (aspiratsiya tizimlari) va boshqa texnik koʻrsatkichlar koʻzdan kechirildi.

Shu bilan birga, masʼullar “Barsakelmes” tuz koni va tasarrufidagi hududlarda boʻlib, tuz tozalash agregatining ishlash holati oʻrganildi. Konning faoliyati ekologik jihatdan koʻrib chiqildi.  

Korxona atrofida hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivida “Yashil belbogʻ”lar barpo etish ishlari muhokama qilindi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 07.05.2025