“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

// 25.06.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (525.48 KB)

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar muammolarini o‘rganish, yosh mutaxassislar takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev hamda direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov bo‘lim va sexlardagi tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv savol-javob shaklida va takliflarga boy bo‘ldi. Takliflarda korxona iqtisodiy ahvolini yaxshilash, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari, innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik takliflar yo‘nalishlarida faolligi oshirish, rag‘batlantirish masalalari ko‘tarildi. 

Shuningdek, yosh kadrlarni o‘qitish, korxonada zarur mutaxassislarni ichki imkoniyatdan kelib chiqib tayyorlash bo‘yicha ham savollar o‘rtaga tashlandi. 

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 25.06.2024