"Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi

// 27.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.74 MB)

Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi

Mazkur forumda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalari – “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo- texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.

Dastlab ishtirokchilar D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurishdi. Ilm dargohida sohaning boʻlajak mutaxassislari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. 

Shuningdek, ishtirokchilar Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida ham boʻlishdi. Texnoparkda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. 

Forum Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi.

Jarayonlarni kuzatib boring. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 27.05.2024