Bugun 26-may kuni “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro shisha yili” doirasida “Shisha, keramika va bogʻlovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi start oldi.
“O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy harakatlar olib bormoqda.
“O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov 2022-yil 9-noyabr kuni "Azot Sintezgaz O'zbekiston va MDH" kongressida ishtrok etdi va nutq so’zladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi gaz-kimyo sanoati yetakchilari, eng yirik sintez gazini qayta ishlovchilar, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziyalovchilari, uskunalar ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar uchun muhim professional xalqaro platformadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son Qarorining 2-ilovasi 54-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha Idoralararo respublika kengashining 2024-yil 27-martdagi 25-1-son majlisi bayonining 1-ilovasi 6-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini taʻminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Kimyoviy mahsulotlar xavfsizligi”ga doir texnik reglament loyihasi ishlab chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O'zkimyosanoat” AJ, shuningdek, “ENTER Engineering” qurilish kompaniyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi. Ushbu kompleks O'zbekiston kimyoviy vositalari umumiy hajmining 30% dan ortiq qismini ishlab chiqaradi, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari, transport, qishloq xo'jaligi, yoqilg'i-energetika kompleksi, shuningdek, xizmat ko'rsatish, savdo, fan, ta'lim va madaniyat sohalari ehtiyojlarini qondiradi.
Filippinning Diliman universiteti kimyogarlari harorat oʻzgarishi bilan oʻz xususiyatlarini oʻzgartiruvchi issiqlikka sezgir polimerlarni olishning arzon usulini ishlab chiqdi. Ushbu polimerlar tibbiyot uchun muhim - ular dori vositalarini yetkazib berish, toʻqimalarni tiklash va gen terapiyasida qoʻllaniladi.
"O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 23 oktyabrdagi "Ishlab chiqariladigan mahsulotlar reklama qilish va investitsion loyihalarni keng targ'ib qilish tartibi to'g'risida"gi 117-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. I.Umumiy qoidalar 1.
Matbuot uchun ma'lumot Kimyo sanoati korxonalarini 2021 yilgacha rivojlantirish dasturiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan amaldagi quvvatlar samaradorligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash, energiya sarfini qisqartirish va import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish qatorida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi jadallashtirildi.
Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.
2018 yil 29 iyun kuni “Navoiyazot” AJda “O'zkimyosanoat” korxonalarning innovatsion rivojlanishi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Uning ishida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi mutasaddi ilmiy-tadqiqot institutlar va respublika oliy o'quv yurtlarning rahbarlari va yetakchi olimlari, Germaniyaning “Thyssen Krupp Industrial Solutions AG” va “Maschinenfabrik Gustav Eirich GmbH” hamda Ukrainaning “TECHNOCHIM” kompaniyalari mutaxassislari, shuningdek “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarining bosh muhandislari va yetakchi xodimlari ishtirok etishdi.