“O‘zkimyosanoat” AJ xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirmoqda

// 03.01.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (344.64 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy harakatlar olib bormoqda. 

Xususan, “Oʼzkimyosanoat” АJ va Xitoyning China Huanqiu Contracting & Engineering Corporation (HQC) kompaniyasi oʼrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish va yangi loyihalarni yoʼlga qoʼyish yuzasidan muzokaralar oʼtkazildi.

Muloqot chog‘ida “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi hamda “Ammofos-maxam” AJda fosfogips chiqindisini qayta ishlash orqali sulfat kislotasini ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Muzokara yakunida mazkur loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan xadli bitimlar imzolandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 06.01.2025