“O’zkimyosanoat” AJ "Azot Sintezgaz O'zbekiston va MDH" kongressida ishtirok etdi

// 10.11.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1002.32 KB)

“O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov 2022-yil 9-noyabr kuni "Azot Sintezgaz O'zbekiston va MDH" kongressida ishtrok etdi va nutq so’zladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi gaz-kimyo sanoati yetakchilari, eng yirik sintez gazini qayta ishlovchilar, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziyalovchilari, uskunalar ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar uchun muhim professional xalqaro platformadir.

Tadbirda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiya qilish bo'yicha eng yirik investitsiya loyihalari hamda metanol, ammiak va azotli o'g'itlar ishlab chiqaruvchi korxonalar samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, tadbirning strategik hamkori "O’zkimyosanoat" AJ hisoblanadi.

 

“O’zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati