200 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashayotgan va 10 dan ortiq investitsiya loyihalari taqdim etilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston va MDH mamlakatlaridagi yirik sintez-gazini qayta ishlash korxonalari, hokimiyat organlari, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziarlari, uskuna ishlab chiqaruvi va yetkazib beruvchilar, injiniring va loyiha-qurilish kompaniyalarini bir maydonda jamladi.
AO «Uzkimesanoat» informiruet o planovoy ostanovke AO «Maksam-Chirchik» na 20-dnevnыy srok s selyu provedeniya kapitalnogo remonta.
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida «NAVOIYAZOT» aksiyadorlik jamiyati sexlari vaqtincha to'xtatildi» sarlavhali axborot chop etildi. Ushbu axborot respublikaning boshqa saytlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“SUN-HIGHTECH” korxonasi tomonidan o`rnatilgan 100 kVt quvvatdagi tarmoq Quyosh elektr stansiyasi Filialning tom qismida bo`sh turgan 1200 m2 maydonga o`rnatildi. Ushbu tarmoq Quyosh elektr stansiyasi hozircha Respublikamizda binoning tom qismiga o`rnatilgan eng katta quvvatdagi Quyosh elektr stansiyasi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Milliy matbuot markazida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining 2016 yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz yetakchi iqtisodiy tarmoqlaridan biri sanalgan kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotiga va uning eksport salohiyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Aksiyadorlikdorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvati O'zbekistonning kimyo mahsulotlariga bo'lgan ichki talabini to'la ta'minlash hamda doimiy asosda ularni eksport qilish imkonini berayotir.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoy Fanlar akademiyasining Xefey fizika fanlari instituti tadqiqotchilari ekinlar va ekologik xavfsizlikka eʼtibor qaratgan holda zararkunandalarga qarshi samarali kurashni taʼminlovchi yangi “yashil” pestisid formulasini yaratdilar.
Muzokarada tomonlar “Polivinilxlorid (PVX) va kaustik soda ishlab chiqarishni tashkil etish 2-bosqich”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, “Oʻzkimyosanoat” AJ va HQC vakillari boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan, vinilatsetat, butandiol va boshqa talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.