Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Ushbu muhim tadbir sanoat sohasidagi yirik tarmoq korxonalari va mahalliy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiya va loyihalarni rejalashtirishga qaratilgan.
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz faoliyatini boshladi.
Joriy yilning 19-20-iyun kunlari Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”da Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida yirik sanoat korxonalari tashlamalarini keskin qisqartirish maqsadlari ilgari surilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 10-oktabrdagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu anjumanda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni va mamlakatimizdan kimyo va gaz-kimyo sanoatining ilm-fan, ishlab chiqarish, texnologiyalar ishlab chiquvchilari, shuningdek, yetakchi xorijiy investorlar ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "“Farg‘onaazot” AJda yong‘in sodir bo‘lmoqda" mazmunidagi videolar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan “Farg‘onaazot” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Yong‘in “Farg‘onaazot” zavodida emas, balki unga yaqin bo‘lgan hududda, Toshloq tumani, Axshak MFY Besholish dahasida joylashgan neft mahsulotlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan sexda soat 16:26da sodir bo‘lgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida Yashil vodorod (HPA) sotib olish yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida, umumiy qiymati 88 mln AQSH dollariga teng boʻlgan yiliga 3 000 tonna yashil vodorodni ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Yashil vodorod sotib olish (HPA)” yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.