“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining RASMIY BAYONOTI

// 14.07.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (155.67 KB)

Ijtimoiy tarmoqlarda "“Farg‘onaazot” AJda yong‘in sodir bo‘lmoqda" mazmunidagi videolar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan  “Farg‘onaazot” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Yong‘in “Farg‘onaazot” zavodida emas, balki unga yaqin bo‘lgan hududda, Toshloq tumani, Axshak MFY Besholish dahasida joylashgan neft mahsulotlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan sexda  soat 16:26da sodir bo‘lgan. Zavod hududida hech qanday yong‘in kuzatilmagan, ishlab chiqarish jarayoni belgilangan tartibda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil asossiz ma’lumotlarni tarqatishdan oldin “Farg‘onaazot” AJning Matbuot xizmati bilan bog‘lanish hamda aniq, tezkor va asosli ma'lumotlarni olish maqsadga muvofiq bo`lishini eslatib o`tamiz. 

«Farg‘onaazot» AJ ishonch telefoni: (73) 242-63-90

 “Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati