“Oʻzkimyosanoat” AJ Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda.

// 07.11.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (36.3 MB)

Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻib oʻtmoqda. Yarmarkaning asosiy maqsadi yirik tarmoq korxonalariga mahalliy kichik va xususiy biznes korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishdan iborat. 

Ushbu yarmarka kimyo sanoati, metallurgiya, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan tarmoq va hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarni yanada mustahkamlash bilan birga, kichik biznes subyektlari uchun ham yanada kаtta imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, tadbirda Toshkent viloyatidan –   242 ta korxona 1,2 ming turdan ortiq mahsuloti bilan qatnashmoqda.

Taʼkidlash joiz, sanoat yarmarkasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ham oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 07.11.2024