“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
evropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha “Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi.
Bugun "Maxam-Chirchiq" AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
So‘nggi yillarda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. Ma’naviy-ma’rifiy sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning asosiy bo‘g‘ini sifatida ham aynan kitobxonlik muhim hisoblanmoqda.
Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamda “Navoiyazot” AJ yoshlari bilan o‘zaro do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmoniga muvofiq taqdirlanganlar orasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarning rahbar xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Tashrif avvalida Bosh pudratchi vakillari bilan kaustik soda, atsetilen, VXM va PVX ishlab chiqarishlarining ishga tushirish-sozlash hamda foydalanishga toshirish ishlariga tayyorlik holatlari masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.