Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakatimizda kimyo sanoatida yuqori faollik va ijobiy natijalar qayd etildi. Mazkur davrda sohada 9,4 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan reja 107,3 foizni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizlik oʻsishni anglatadi.
Kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar orasida mineral oʻgʻitlar muhim oʻrin tutadi. Hisobot davrida sof holda jami 673,2 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 96,9 foizni tashkil etib, 100,9 foizlik oʻsishga erishildi.
Jumladan:
Azotli oʻgʻitlar — 512,5 ming tonna (reja – 96,5 foiz, oʻsish – 102,4 foiz);
Fosforli oʻgʻitlar — 55,7 ming tonna (reja – 96,8 foiz, oʻsish – 91 foiz);
Kaliyli oʻgʻitlar — 105,0 ming tonna (reja – 99 foiz, oʻsish – 99,4 foiz).
Ushbu koʻrsatkichlar kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi barqaror ravishda oshib borayotganini va ichki hamda tashqi bozorda mahsulotlarga boʻlgan talabni qondirish imkoniyati kengayayotganini koʻrsatadi.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiya loyihalarining samarasi bu natijalarda oʻz aksini topmoqda. Kelgusida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda lokalizatsiya darajasini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni taʼminlash sohaning asosiy vazifalari sifatida belgilangan.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati