“Qo‘ng‘irot soda zavodi ” MCHJ QKda “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi

// 13.02.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (283.72 KB)

“Qo‘ng‘irot soda zavodi ” MCHJ QKda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadidа “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi  tashkil etildi.

Korxona xodimlari tomonidan taklif etilgan loyihalar dolzarbligi, muhimligi va bugungi ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi bilan ajralib turadi. 

Barcha ishtirokchilar taqdimoti bilan tanishgan hakamlar hay’atining xulosalariga ko'ra: 

1-o‘rin Ishlab chiqarish texnik  bo’limi innovatsiya sektori muhandisi Shirazova Gulsanem
2-o’rin Korxona tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheri Tajimuratova Laura
3-o‘rin ADKF sexi muhandis operatori Ibraimova Dilnozalar egalladi. 

G‘oliblar korxona va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 “Qo‘ng‘irot soda zavodi ” MCHJ QK Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 13.02.2024