Birja savdolari

“Oʻzkimyosanoat” AJda xaridlar jarayonini Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6247-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3953-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4302-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4812-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5171-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarini amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 833-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 276-son qaroriga va boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq yuritadi.
Shuningdek, davlat xaridlari maxsus xarid platformalari (xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, new.cooperation.uz va etender.uzex.uz) orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2025-yil uchun xaridlar rejasi xarid.uzex.uz platformasida joylashtirilgan. 


So'nggi yangilash sanasi: 20.06.2025