Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Navoiyazot” AJga davlat suvereniteti darajasidagi BB- (barqaror) xalqaro kredit reytingi taqdim etildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugun “O‘zkimyosanoat” AJda boshqaruv raisi rahbarligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar dasturi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tarmoq korxonalari mas’ullari ishtirok etishdi.
Joriy yilning o'tgan yanvar oyida "O'zkimyosanoat" Aksiyadorlik jamiyati hamda tarmoq korxonalarida bo'lin o'tgan voqea va tadbirlarni eslaymiz.
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda jamiyat faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholini sohaga oid yangiliklar bilan tanishtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi sarhisob qilindi.
Joriy yilning 23- sentabr kuni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpibayeva va “Oʻzkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova “Navoiyazot”AJda boʻlib, korxonada ayollar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soʻnggi yillarda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaga keng qamrovli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan qator Farmon va qarorlarida bir qancha vazifalar belgilangan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-307-son qaror 5-ilovasi “Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023—2026-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari” yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 20 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.