9- dekabr - Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni

// 09.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (753.54 KB)

BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat “ AJda  ijroiya boshqaruv apparati xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul vakili ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun, qaror va farmonlar hamda ularning ijrosi haqida soʻz bordi. Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi tomonidan agentlikning bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil maʻlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtganligi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi hisoblanuvchi ISO 37001: 2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddati yana bir yilga uzaytirilgani alohida eʻtirof etildi. 

Darhaqiqat, korrupsiya – davlat va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishini tanazzul yoqasiga olib keladigan, jahon maydonidagi nufuziga putur yetkazadigan, xalqning esa haqiqat, adolat haqidagi fikr-mulohazalarini tamoman boshqa tomonga oʻzgartirib yuboradigan xavfdir. Shu bois, “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasida aniq tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshiriladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati