Yashnobod tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko'maklashilmoqda

// 12.07.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (167.27 KB)

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilashga ko'maklashish, ayniqsa, ijtimoiy ko'makka muhtoj ayollarning faolligini oshirish hamda bandligini ta'minlashga e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Bu borada “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ishchi guruhi a'zolari tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush tarzi va yashash sharoitlari atroflicha o'rganildi. O'rganish natijasiga ko'ra, “Do'stobod”, “Mashinasozlar”, “Al-Buxoriy”, “Boyqo'rg'on” va “Amir Temur” mahallarida istiqomat qiluvchi 14 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o'z bandligini ta'minlashlariga ko'maklashish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari hamda 1 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayolga
nogironlik aravachasi taqdim etildi.

Shuningdek, tashkilot tomonidan mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmokda.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati