2016 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1237,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,2%) hamda 107,2 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 88,1%) ishlab chiqarildi. Sof holda 667,8 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 529,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 81,8 ming tonna fosforli o'g'itlar va 56,5 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahri filiali bo‘lajak kimyogarlarni kutmoqda
“Maxam-Chirchiq” Aksiyadorlik Jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati hududida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni saqlashga mo‘ljallangan vakolatli omborlarni tashkil etish tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Qishloq xoʻjaligida hosildorlikni ortishi mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlanganlik darajasi bilan ham belgilanadi. “Oʻzkimyosanoat” AJ 2024-yilda mazkur masalaga jiddiy eʼtibor qaratdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Navoiyazot” AJga davlat suvereniteti darajasidagi BB- (barqaror) xalqaro kredit reytingi taqdim etildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan turnirga tashrif buyurgan “Zakovat” klubi a’zosi, mavsum chempionlaridan biri Temur Mirzayev Jamiyatda “Zakovat” intellektual oʻyini hamda ilm-fanga e’tibor yuqori ekanligini alohida ta’kidladi. Mazkur turnir uchun maxsus savollar ham aynan “Zakovat” klubi bilimdoni tomonidan tayyorlandi.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.
Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Xitoyning “China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD” kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 8 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan yirik investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Kelishuvda koʻzda tutilgan loyihalar biologik parchalanadigan polimerlar, ammiak va karbamid kabi jahon bozorida talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida metanoldan olefin va MTP texnologiyasi asosida polipropilenni yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ–4992-son qaroriga muvofiq “Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish belgilangan boʻlib, mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan oʻtkazilgan muzokaralar va oʻrganishlar natijasida, ushbu yoʻnalishda yetakchilardan hisoblangan Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.