“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida konferensiya o`tkazildi

// 01.11.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (721.02 KB)

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.  

         Konferensiyada quyidagi muhim mavzular yuzasidan taqdimot va muhokamalar o`tkazildi:

  • Mahsulotlarning tannarxini pasaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijadorligi hamda 2023-yilga ishlab chiqilgan dastur va bugungi kunda ularni amalga oshirish uchun zamin yaratish;         
  • Bir birlik mahsulot uchun asosiy xomashyo, materiallar va energiya resurslarining sarf me’yorlarini optimalashtirish, jumladan amaldagi sarflar miqdoriga yaqinlashtirish;
  • Atrof muhit muhofazasi va ekologik tadbirlarning bajarilishi, asosiy mummoli nuqtalarni avtomatik monitoring qilish tadbirlarini jadallashtirish.

 

“O`zkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida muntazam o`tkaziladigan bu kabi konferensiyalar Jamiyatda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kimyo sanoatidagi ishlab chiqarish jarayonlariga oid muhim mavzularda o`zaro fikr va tajriba almashishlariga xizmat qiladi. Shu bilan birga, sohaga oid dolzarb masalalarni hal etishda o`ziga xos muhokama maydoni vazifasini bajaradi. 

 

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati