Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha “Xalqaro oila kuni” mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan, yaqin-yaqingacha elektr toki yetib bormagan, aholisi esa asosan sham va boshqa yoritish qurilmalaridan foydalanib kun kechirayotgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining olis, elektr energiyasi tarmogʻidan 11 km uzoqlikdagi togʻli hududda joylashgan Konsoy qishlogʻiga 10 kV yuqori kuchlanishli havo liniyasi tortildi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ homiyligida amalga oshirilgan loyiha doirasida qishloq hududiga transformator oʻrnatilib, elektr energiyasi isteʻmoli uchun 0,4 kV havo liniyasi qurilish ishlari yakunlandi. Elektr uzatish tarmogʻi uchun jami 160 dona tayanch ustunlari oʻrnatildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmoniga muvofiq taqdirlanganlar orasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarning rahbar xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o'z blogerlik faoliyatini yuritayotgan kanal mualliflaridan biri “Samarqandkimyo” AJ negizida Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlari ishlab chiqarish kimyoviy majmuasi barpo etiladigan bo'libdi va nol qiymatda tanlovsiz chet ellik investorga sotilibdi. Chet ellik investor ham o'zimizning qorako'zlar, albatta.” matnidan iborat munosabati e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yil 10 dekabr kuni “Air Products” (AQSh) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida “Navoiyazot” AJ bazasida “Karbonat angidrid (SO2) ishlab chiqarish” investitsion loyihasi doirasida qo'shma korxona tuzish muhokama qilindi. Loyiha doirasida shuningdek, loyihaning texnik, moliyaviy, iqtisodiy tomonlari (detallari) ham muhokama qilindi.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati 2019 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 respublika bosma va elektron OAV vakillari uchun 2018 yil yakuni bo'yicha kimyo tarmog'i korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida matbuot-anjuman o'tkazilishini xabar qiladi. O'zbekiston jurnalistlari hamjamiyati hamda “O'zkimyosanoat” AJ o'rtasida o'zaro manfaatli muloqot o'rnatilishining ahamiyatini nazarda tutib, “O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati tahririyat vakilillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qiladi va matbuot-anjuman ishtirokchilari ro'yxatini tuzish maqsadida vakillar ismi-sharifi hamda bog'lanish telefoni bo'yicha ma'lumotni joriy yil 24 yanvar soat 18:00-gacha 78-140-74-26 telefon raqami yoki z.roziev@uks.uz elektron manzil orqali xabar qilishingizni so'raymiz. Matbuot-anjuman quyidagi manzilda o'tkaziladi - Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38.
2017 yil 7 may kuni “O'zkimyosanoat” konferents-zalida “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyatining yangi boshqaruvini saylash bo'yicha tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning topshirig'iga binoan Toshkent viloyatining “Angren” EIZda qo'rilayotgan rezinotexnika buyumlar zavodida Mustaqillik kunining 26chi yiliga bag'ishlab avtomobil shinalarning birinchi tajriba partiyasi ishlab chiqarildi.
Korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari toʻgʻrisida maʼlumot Алоқа канали тури Алоқа канали манзили Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi aloqa kanali https://www.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha ovoz berish yakunlari Yigʻilish oʻtkazilgan joy: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy.