1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

// 02.06.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.07 MB)

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MChJ xodimlarining farzandlari uchun D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda bolajonlar uchun, konsert dasturi, sevimli multfilm qahramonlari ishtirokidagi maxsus sahna koʻrinishlari hamda qiziqarli va yorqin kimyoviy reaksiyalar namoyish qilindi, sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, bolajonlar “Mendeleyev kids and juniors” loyihasida ishtirok etib, ajoyib kimyoviy reaksiyalarni oʻzlari bajarib koʻrishdi. Bayram tadbiri ertamiz egalariga cheksiz quvonch va olam-olam taassurotlar ulashdi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 02.06.2023