“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda

// 19.05.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.54 MB)

Joriy yilning 18-may sanasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Matbuot xizmati rahbari R.Eshbekov “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlib, korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, Tubegatan kaliyli tuz koni bilan ham yaqindan tanishdi. Qolaversa, manzilda tasvirga olish ishlari amalga oshirildi. Shu kunning oʻzida korxona Matbuot xizmati xodimlari uchun jamiyat ijobiy imijini shakllantirish, matbuot xizmati faoliyatini zamonaviy yondashuvda olib borish yuzasidan seminar hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganish, ochiq muloqot va soʻrovnomalar oʻtkazildi.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati