“Qoʻngʻirot soda zavodi”da yoshlarni har tоmonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida malakali psixolog Goʻzal Utabekova hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimi Nodira Karimovalar ishtirokchi xotin-qizlar bilan uchrashishdi.
30-iyun -"Yoshlar kuni" munosabati bilan "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati yoshlari o'rtasida "Yosh kitobxon xodim" tanlovi o'tkazildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Oʻzkimyoimpeks” MChJ xodimlarining farzandlari uchun D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 18-may sanasida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Matbuot xizmati rahbari R.Eshbekov “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlib, korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, Tubegatan kaliyli tuz koni bilan ham yaqindan tanishdi.
“O`zkimyosanoat” AJ da “Kimyogarlar kuni” bayrami munosabati bilan xodimlar o`rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sport musobaqalari o`tkazilmoqda. G’olib va sovrindorlar &ldqu...
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Tarmoq korxonalarining internet resurslarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish” mavzusida videokonferentsiya shaklidagi seminar tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad kontent sifatini oshirish va korporativ veb-saytlarni yanada ommalashtirish, shuningdek, soha mahsulotlarini ijtimoiy media sahifalarida targ'ib qilish sifatini yanada oshirish hisoblanadi.
Bugun Moskva shahrida "Matbuot xizmati - 2019: PR-faoliyatning yangi texnologiyalari" mavzusida xalqaro amaliy konferentsiya o'z faoliyatini boshladi.
“Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ korxona va sex bo'limlarida faoliyat yuritayotgan yoshlardan “Fidoiy yoshlar otryadi” tuzish taklifi kelib tushdi. Ushbu taklifdan ko'zlangan asosiy maqsad Orol dengizining qurigan hududlarini yashil o'rmonzorlarga aylantirishga o'z hissalarini qo'shishdir. “Fidoiy yoshlar otryadi” Mo'ynoq tumaniga tashrif buyurib, saksaul va boshqa ko'chatlar ekib, atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilashga o'z hissalarini qo'shdilar. Yoshlar 200 gektar maydonga cho'l o'simliklarini ekishda faol ishtirok etdi.