Munis onajonlar va qadrli opa-singillar, Sizni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati go'zallik va nafosat bayrami bo'lmish 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi! Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz! Baxtimizga doimo salomat bo'ling aziz ayollar!
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga Abduraxmonova Sanobar Maxammadaminovna tayinlandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV orqali yoritish tizimini takomillashtirish yuzasidan 2020 yil davomida Press-tur tashkil etish rejasi tasdiqlandi.