Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati boʻyicha yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan yigʻilish oʻtkazildi

// 23.08.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (735.84 KB)

Unda “Oʻzkimyosaoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmasi boshligʻi O.Mirtemirov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari J.Zikirov hamda boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Abduraxmanovalar maʼruza qilishdi.

 

Yigʻilishda 2023-yilda ishga qabul qilingan xodimlarga Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq qoidalari”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish” nizomlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Jamiyatda har qanday korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun korporativ madaniyatni yaratish, shuningdek, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyati davomida va xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloq meʼyorlari haqida tushuntirishlar berildi.


So'nggi yangilash sanasi: 23.08.2023