Xitoy delegatsiyasining tashrifi

// 01.05.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (30.48 KB)

2015 yil 29 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda Xitoyning “CITIC Construction Co.Ltd” delegatsiyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kimyo sohasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi istiqbollari, xususan Samarqand shahrida yangi murakkab o'g'itlar (NPK)  turlarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuni bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, kimyo sanoatida o'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlarini o'rganish va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish to'g'risida kelishuvga erishildi.