“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha yuridik va jismoniy shaxslar, chet el investorlarini Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi 5-uyda joylashgan, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining hozirda bo'shayotgan 23,5 gektar maydoniga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilish uchun hamkorlikka taklif etadi.
Yashil makon ekologik aksiyasi doirasida "Maxam-Chirchiq" AJning "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishida tashkil etilgan "Yoshlar bog'i"ni obodonlashtirish hamda begona va yovvoyi o'tlardan tozalash maqsadida "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishi hamda "Yoshlar ittifoqi" bilan hamkorlikda 29-30 aprel hamda 1,2,3 may kunlari mobaynida "Hashar–biz yoshlarga yarashar" shiori ostida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
2019 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2224, 7 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 118,4%ni tashkil qildi. Sof holda 454,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 339,33 ming tonna azotli, 52,28 ming tonna fosforli va 62,43 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Aksiya egalari Aksiyadorlik kapitalidagi ulushi, % Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 42,91 O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 57,09 ...
KUN TARTIBI: 1 .“O‘zkimyosanoat” AJ yagona aksiyadori tomonidan qo’shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda imtiyozli olish huquqidan foydalanmaslik to’g’risida. 2. “O‘zkimyosanoat” AJning qo’shimcha aksiyalarini chiqarish orqali ustav kapitalini oshirish to’g’risida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ–4992-son qaroriga muvofiq “Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish belgilangan boʻlib, mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan oʻtkazilgan muzokaralar va oʻrganishlar natijasida, ushbu yoʻnalishda yetakchilardan hisoblangan Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
2013 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 408,8 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 23,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 104,5%-ni tashkil qildi. 15,7 mlrd.so'mlik kimyo mahsulotning yangi turlari ishlab chiqarildi.
2022-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga 27 ta korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida murojaatlar kelib tushgan. Ularning 8 tasi ishonch telefoni, 8 tasi Prezident virtual qabulxonasi, 1 tasi Xalq qabulxonasi va 10 tasi jamiyatning pochta manzili orqali kelib tushgan.
Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellek-tual salohiyatining yorqin hamda bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
Bugun bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida jamiyat va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-Anticor.