“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 20-mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish va yangi kuzatuv kengashi a’zosini saylash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 27-fevral holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2025-yil 14-mart holatiga shakllantiriladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2025-yil 20-mart kuni soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi