Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘- kon majmuasi hududida xavfli yoriqlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O'zkimyosanoat” AJ, shuningdek, “ENTER Engineering” qurilish kompaniyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi. Ushbu kompleks O'zbekiston kimyoviy vositalari umumiy hajmining 30% dan ortiq qismini ishlab chiqaradi, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari, transport, qishloq xo'jaligi, yoqilg'i-energetika kompleksi, shuningdek, xizmat ko'rsatish, savdo, fan, ta'lim va madaniyat sohalari ehtiyojlarini qondiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarda eʻlon qilingan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ shlam yigʻish havzalaridan kislotali tuz aralashmasi sizib chiqayotganligi va bu holat korxona atrofidagi chorva suv ichadigan buloqlarni zararlayotganligi haqida murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Kuni kecha "bakiroo" Telegram kanalida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ faoliyati va ishlab chiqarilayotgan shinalar sifatiga nisbatan bildirilgan fikrlar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘z tashabbuslarini, fikr va mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dr. Tilo Klinner hamda Germaniyaning “The Linde Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Thomas Hilkerlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi (https://anticorruption.uz/uz/item/2023/03/14/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-chora-tadbirlarning-samaradorligi-reyting-baholashdan-otkazildi).