O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.12.2014 y., N O'RQ-378
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tashqi hududida mahsulot yuklash uchun kelgan avtotransport vositalari haydovchilariga yetarli darajada qulaylik yaratilmaganligi boʻyicha murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʻlum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo'naltirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko'rib chiqildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJ bilan birgalikda tizim korxonalarining xodimlar bilan ishlash, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻlinmalari va Malakani baholash markazlari mutaxassislari uchun "Yangi mehnat va amaliyot" mavzusida ikki kunlik seminar-trening oʻtkazilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmati tomonidan 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o`tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumki, Davlatimiz rahbarining 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3682-son Qaroriga asosan har yili anʼanaviy tarzda “InnoWeek.Uz“ xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻtkazib kelinmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari tomonidan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi ( keyingi oʻrinlarda - Dastur ) Oliy ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - OTM) bitiruvchi kursida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasi (amaliyoti)ni tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29avgustdagi PQ-3246-sonli qaroriga muvofiq, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, yehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, xom ashyo, tovarlar, xizmatlarni chet eldan xarid qilishni amalga oshiradi.
Surxondaryo viloyatidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida O'zbekiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari o'rtasidagi muloqotning birinchi davrasi bo'lib o'tdi.