“O`zkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJlarning RASMIY BAYONOTI

// 04.11.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (192.19 KB)

Bugun OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyazot” AJ hududida itlarning otib ketilishi bo`yicha ma’lumotlar e’lon qilindi. Holat yuzasidan “O`zkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJlar quyidagilarni ma’lum qiladi.

“Navoiyazot” AJ qatʼiy tartib asosida faoliyat yurituvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish obyekti hisoblanadi. Shu sababdan, ishlab chiqarish hududida qarovsiz hayvonlarning yashashi yoki bo`lishi taqiqlangan. Ularning tashkilotdagi harakatini cheklash, hududda tartib o‘rnatish maqsadida korxona talabnomasiga binoan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining maxsus guruhi chaqirtirilib, hayvonlarning maxsus saqlash joylariga olib ketilishi amalga oshiriladi. Ammo, bu harakatlar ularning salomatligiga zarar yetkazishi yoki o‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilmagan tarzda bajarilishiga qatʼiy rioya etiladi. Bu jarayonlar Alohida qo‘riqlash batal’oni, Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi hamda Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sexi vakillari tomonidan qat’iy nazoratga olinadi.

Xabarlarda ko`rsatilgan sana, yaʼni 3-noyabr kuni “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish uchun maxsus guruh chaqirtirilmagan, videolavhadagi maydon «Navoiyazot» AJdan tashqaridagi hudud bo‘lib, unga shaxsiy avtotransport vositalari kirib chiqishi taqiqlanmagan. Lavhadagi avtomobil ham korxonaga tegishli emas. Hozirda kuzatuv kamerasidagi tasvirlarda aks etgan holat yuzasidan o`rganish olib borilmoqda.

“Navoiyazot” AJ hayvonlarga ozor berilishi yoki ularga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo`linishini qoralaydi. Bunday holatlarga korxona tomonidan aslo yo`l qo`yilmaydi.

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati