Yurtimizda kimyo sanoati sohasini rivojlantirish, boʻlajak mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda universitetda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yangi grant dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirish hamda ishlab chiqarish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi. Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor o'qituvchilari, ilmiy xodimlari, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda vazirlik idoralar vakillari ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.12.2014 y., N O'RQ-378
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo'naltirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko'rib chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tashqi hududida mahsulot yuklash uchun kelgan avtotransport vositalari haydovchilariga yetarli darajada qulaylik yaratilmaganligi boʻyicha murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʻlum qilamiz.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJ bilan birgalikda tizim korxonalarining xodimlar bilan ishlash, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻlinmalari va Malakani baholash markazlari mutaxassislari uchun "Yangi mehnat va amaliyot" mavzusida ikki kunlik seminar-trening oʻtkazilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmati tomonidan 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o`tkazildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29avgustdagi PQ-3246-sonli qaroriga muvofiq, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, yehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, xom ashyo, tovarlar, xizmatlarni chet eldan xarid qilishni amalga oshiradi.
Prezidentimizning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJga Fargʻona viloyati Yozyovon tumanidagi “Ishtirxon”, “Yangiobod” va “Suvliariq” MFYlari biriktirilgan.