“O`zkimyosanoatloyiha” АJ faxriylari doimo eʼtiborda va eʼzozda

// 12.11.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (432.65 KB)

“O`zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyatida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar doimo eʼtiborda va eʼzozda. Instutut faxriylari bo`lgan muhtoj, kasalmand, yolg`iz va ishsiz nafaqaxo`rlarga ijtimoiy ko`mak berildi. Mahsus oziq-ovqat paketlari shakllantirlib, jamiyatning 15 nafar faxriysiga ushbu paketlar taqdim etildi hamda ularning yashash joylariga olib borib berildi.

Faxriylar keksa avlodga ko`rsatilayotgan eʼtibor va g`amxo`rlik uchun institut rahbariyatiga samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar. Аyniqsa, o`zini yolg`iz his etmasligi uchun ko`makka muhtoj bo`lgan ishsiz nafaqaxo`rlarga alohida eʼtibor ko`rsatildi.

Eng kerakli paytda ularga yordam qo`lini cho`zib, samimiy eʼtibor ko`rsatilganligi faxriylar eʼtirofiga sabab bo`ldi.