Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Bugun 14 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining birinchi kirish imtihoni kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Imtihonlar 14-16 kunlari uchta fan: kimyo, matematika va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
«O'zekspomarkaz»da qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
Joriy yilning 22-iyun sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda press-tur ishtirokchilari zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi loyihalar, ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish hamda tannarxni pasaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Navoiyazot” AJga davlat suvereniteti darajasidagi BB- (barqaror) xalqaro kredit reytingi taqdim etildi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan yurtimizda 10-15-fevral kunlari “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligiga start berildi.
19-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.
21-22- iyul kunlari Rossiyaning yetakchi kimyo kompaniyalaridan biri sanalgan “Shekinoazot” AJ rahbariyati “Oʻzkimyosanoat” va “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatlariga tashrif buyurishdi.