Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda tarmoq korxonalarining 30 yoshgacha va 30 yoshdan yuqori boʻlgan xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” hamda “Kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlari sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida yigit-qizlarning takliflari o‘rganildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish borasidagi fikrlari tinglandi. Tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar natijadorligi xususida so‘z bordi.
"Аммофос-Махам" АЖ https://ammofos-maxam.uz/oz/menu/sotsialnye-obekty "Навоийзот" АЖ https://www.navoiyazot.uz/oz/menu/neprofilnye-aktivy "Деҳқонобод калий заводи" АЖ https://uz-potash.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha yuridik va jismoniy shaxslar, chet el investorlarini Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi 5-uyda joylashgan, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining hozirda bo'shayotgan 23,5 gektar maydoniga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilish uchun hamkorlikka taklif etadi.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar “Navoiyazot”AJda boʻlishdi. Muloqotda oliy oʻquv yurti haqida ma’lumot berilib, mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida soʻz yuritildi.
Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarishdagi faolligi uchun “Navoiyazot”AJ namunali tashkilot, deya e’tirof etilib, viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2023-yilda hududdagi korxona va tashkilotlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha “Navoiyazot” AJ eng namunali tashkilot, deb topildi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi saytida 2019 yil 29 oktabr kuni “Navoiyazot” AJga qarashli PVX zavodida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda” sarlavhali xabar e'lon qilindi. Ushbu xabar respublikaning boshqa saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Ўзкимёсаноат” акциядорлик жамияти ташкилот тизмидаги “Navoiyazot” акциядорлик жамияти фаолияти билан боғлиқ kun.uz интернет нашридаги “Заҳарланган Зарафшон” сарлавҳали мақоласида келтирилган маълумотлар атрофлича ўрганиб чиқилиб қуйидагиларни маълум қилади.