“O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Madina Abdullayeva “Navoiyazot”AJ 916-sonli nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexi 4-navbatida bo‘ldi.
Ushbu quvvatda 22 nafar yosh mutaxassislar faoliyat yuritadi.Zamonaviy, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan majmuada xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Muloqot davomida yigit-qizlarning takliflari o‘rganildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish borasidagi fikrlari tinglandi. Tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar natijadorligi xususida so‘z bordi.
“Navoiyazot” AJ ning 7 nafar faol, tashabbuskor, iqtidorli yoshlariga “O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanovning tashakkurnomasi topshirildi.
"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI